Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BUNYODKORLIK: TOSHLOQDAGI MAHALLALAR YO‘LLARI ASFALT QILINMOQDA

×

 2022-08-06 18:24:35    146

PDF yuklash
Chop etish


     Bugun yurtimizning qay bir hududiga bormang ulkan bunyodkorlik ishlariga guvoh bo‘lasiz. Ayniqsa, yo‘lsozlarimiz tomonidan mahallalardagi ichki yo‘llar tez va sifatli qilib ta’mirlanmoqda. Ma’lumki, Toshloq tumanining olis va chekka hududlarida ham obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda So‘kchilik, Axshakguzar, Qumqishloq MFYlarda bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. 

      So‘kchilik MFY hududidagi Xilol ko‘chasida 3 km yo‘lni asfaltlash ishlari sifatli qilib yakunlandi. Ushbu ko‘cha asfaltlashtirish taklifi «Ochiq byudjet» axborot portalidagi «Mening yo‘lim» loyihasida g‘olib deb topilgan edi. 1 milliard 50 million so‘mlik mablag‘ evaziga keng va ravon yo‘llar barpo etildi. Tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida Axshakguzar MFY hududida piyoda yo‘laklari yangidan asfaltlanib, aholi ixtiyoriga topshirilmoqda.

     Shu kunlarda Qumqishloq mahalla fuqarolar yig‘inining Afsona ko‘chasida 1,5 kilometr yo‘lni asfaltlash ishlari olib borilyapti. Bu ishga Toshloq yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining zamonaviy texnikasi, 20 nafar malakali ishchi-mutaxassislari jalb etilgan.

Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.