Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BOLAJONLAR UCHUN YANA BIR TUHFA

×

 2022-08-06 18:43:02    126

PDF yuklash
Chop etish


    Yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

     Xususan, Toshloq tumanida ham maktabgacha ta’lim tizimida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib, tarbiyalanayotgan bolalarga barcha shart – sharoitlar yaratib berilmoqda. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 15-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy ta’mirlash ishlari quruvchilar tomonidan tez va sifatli qilib yakuniga yetkazildi. 140 o‘ringa mo‘ljallangan bino to‘liq ta’mirdan chiqarilib, bolajonlar uchun keng va yorug‘ xonalar foydalanishga topshirildi. Qurilish-ta’mirlash ishlariga mahalliy byudjetdan 640 million so‘m mablag‘ ajratildi. Mavjud 8 ta guruhlar zamonaviy hamda yumshoq mebellar bilan to‘liq ta’minlandi.   

     Bugun Toshloq tumani hokimi A.Djurabayev bog‘chada amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bolajonlar uchun guruhlarda, xususan, yotoqxonada, mashg‘ulot xonalarida hamda oshxonada yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.


Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.