Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QISHLOQLARDA KONTEYNER - MAHALLA TIBBIYOT PUNKTLARI TASHKIL ETILMOQDA
2022-08-09 16:42:32 242
Keyingi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash tizimida ham amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida aholi salomatligi yo‘lida tub o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yildan yilga yaxshilanib bormoqda.
Xususan, olis va chekka hududlar aholisiga birlamchi tibbiy yordamning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Toshloq tumanining eng chekka hududlari Yuqoriqishloq, Qalacha, Xo‘jaariq, Naymanbo‘ston, Bo‘ston hamda Teraktagi MFYlarda mahalla tibbiy punktlarini tashkil etish bo‘yicha manzilliy ishlar bajarilmoqda. Ushbu hududlarga bosqichma-bosqich mahalla tibbiy punktlar uchun maxsus konteynerlar olib kelinib, aholi uchun foydalanishga topshirilmoqda.
Endilikda tibbiy uskunalar, internet, zamonaviy aloqa vositalari, dori-darmonlar bilan jihozlangan tibbiy punktlar qishloq aholisi uchun xizmat ko‘rsatadi. Kuni-kecha ana shunday konteyner-mahalla tibbiyot punkti Xo‘jaariq mahallasiga ham o‘rnatildi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi.
Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.