Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TUMANIMIZDA BUNYODKORLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-08-10 18:54:13    132

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda tumanimizda bunyodkorlik, qurilish-ta’mirlash ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimiga qarashli muassasalarda tez va sifatli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.          

      2022 yil Investisiya dasturi asosida Varzak MFY hududida joylashgan 5-sonli DMTT binosida rekonstruksiya qilish ishlari boshlanib, Respublika byudjetidan  4.253.800 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratildi. Hozirda qurilish montaj ishlarini pudratchi tashkilot “Farg‘ona Kristall Qurilish” MCHJ quruvchilari tomonidan sifatli qilib yakuniga yetkazilmoqdalar. Mavjud binolar fasad qismi va guruh xonalarida pardozlash ishlari va tom qismida ta’mirlash ishlar olib borilmoqda.  

      Investisiya dasturi asosida tumandagi Furqat MFYda joylashgan 2-sonli DMTTda ham qurilish ishlari yuqori darajada olib borilmoqda. 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini rekonstruksiya qilish qurilish montaj ishlari uchun Respublika byudjeti hisobidan  6.179.900 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan. “EFFECT ELEGANT QURILISH” MCHJ quruvchilari tomonidan bu yerda ham sifatli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.  

      Mustaqilligimizning ulug‘ ayyomi tobora yaqinlashmoqda. Tumanimizda ushbu qutlug‘ kunga har bir sohada yutuq va muvaffaqiyatlar bilan hozirlik ko‘rilmoqda. Investisiya dasturi asosida bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham bayram arafasida foydalanishga topshirilib, bolajonlarga ajoyib sovg‘a tuhfa etiladi.

Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.