Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMAN MAHALLIY BYUDJETINING 2022 YIL 6 OYLIK IJROSI TO‘GʻRISIDA
2022-08-11 10:00:10 216
Mahalliy byudjet harajatlari bo‘yicha, Toshloq tumani mahalliy byudjeti harajatlarining 2022 yil 6 oylik uchun aniqlangan rejasi
119,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, hisobot davrida 111,3 mlrd. so‘m miqdorida kassa harajatlari amalga oshirilgan.
Mahalliy byudjet harajatlarini guruhlar bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, I guruh-ish haqi harajatlari uchun 66,8 mlrd. so‘m, shundan ijtimoiy nafaqalar uchun 27,7 mlrd. so‘m, II guruh-ijtimoiy soliq to‘lovlariga
9,9 mlrd. so‘m, IV guruh-boshqa harajatlar uchun 34,4 mlrd. so‘m mablag‘lar shakllangan talablarga nisbatan to‘liq moliyalashtirilgan.
Hisobot davrida byudjet tashkilotlarida iste’mol qilingan kommunal to‘lovlar uchun 1,2 mlrd. so‘m, saqlab turish va joriy ta’mirlash uchun 1.5 mlrd. so‘m, moddiy aylanma vositalariga harajatlar uchun 5.7 mlrd.so‘m (shundan oziq-ovqat mahsulotlari uchun 3.3 mlrd. so‘m), dori-darmonlar, tibbiyotda foydalaniladigan vositalar uchun 1.5 mlrd.so‘m, tavar va boshqa xizmatlar sotib olish uchun harajatlarga 1 mlrd. so‘m, asosiy vositalar bo‘yicha harajatlar uchun 2.1 mlrd. so‘m, asosiy vositalar sotib olish uchun 1.5 mlrd. so‘m, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlar uchun to‘lab beriladigan subsidiya harajatlari uchun 7.6 mlrd. so‘m hamda boshqa harajatlar uchun 12.3 mlrd. so‘m mablag‘lar sarflandi.
Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.