Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHSULOTLARIMIZ YUZ FOIZ – EKSPORTGA
2022-08-13 16:47:45 218
Tumandagi “SMSHD TEX” MCHJda keng assortimentdagi trikotaj mahsulotlari – bolalar va ayollar kiyim-kechaklari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda korxonada 200 ta ish o‘rni yaratilgan.
-Korxonamiz oyiga 300 ming juft kiyim-kechak ishlab chiqarish quvvatiga ega va mahsulotlarimiz asosan Rossiyaga eksport qilinmoqda,-deydi korxona rahbari Sarvinoz Gʻofforova. – Yaqin istiqbolda qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish orqali 300 ta yangi ish o‘rni yaratish hamda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlash o‘rinliki, ishchi-xizmatchilarni ishga borib-kelishlari uchun maxsus avtobuslar ajratilgan. Shuningdek, ishchi-xizmatchilar bepul tushlik bilan ta’minlanadi. Yosh farzandi bor onalar uchun bolalar xonasi ham tashkil et ilgan.