Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ELEKTR ENERGIYASI UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA
2022-08-17 19:50:28 208
Bungi kunda Toshloq tumanida aholiga elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, kuz-qish mavsumida uzluksiz yetkazib berish borasida keng qamrovli qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Toshloq tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Arabmozor MFY hududidagi TP-550/100 kVAni yukini yengillatish uchun 0,4 kVli havo tarmog‘iga 50 dona temir-beton tayanchlari o‘rnatildi. Xotinqumi MFY hududidagi TP-259/160 kVAni yukini yengillatish uchun 0,4 kVli havo tarmog‘iga 44 dona temir-beton tayanchlari o‘rnatildi va 700 metrlik sip tarmog‘i tortilib 1 dona KTPM-63/10 kVA o‘rnatildi. Naymanbo‘ston MFYda “Obod qishloq” dasturiga asosan TP-569/100 kVAni yukini yengillatish uchun 0,4 kVli havo tarmog‘iga 30 dona temir-beton tayanchlari o‘rnatilib qurish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, tumanda 2022-2023 yil kuz-qish davriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash uchun 130,70 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 39 dona transfarmator punktlarini mukammal hamda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari joriy ta’mirlash bo‘yicha shu kunga qadar 0,4 kV havo tarmoqlarini 87,60 km qismi hamda 10 kVli havo tarmog‘larini 63,90 km qismi daraxt shoxlaridan tozalandi. Xozirda tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan kuz-qishga tayyorgarlik ishlari keng qamrovda davom etmoqda.
Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.