Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XOTINQUMI MFYDA XOTIRA TURNIRI O‘TKAZILDI.

×

 2022-08-18 20:26:37    128

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida samarali mehnat qilib, o‘chmas nom qoldirgan marhumlarni yodga olib xotira turniri o‘tkazilmoqda. Tuman hokimligi hamda Xotinqumi MFY tomonidan o‘tkazilgan turnirda sportning futbol turi bo‘yicha musobaqada uyushgan va uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.
       Xotira turniri Xotinqumilik Vohobjon Umarov,  Sodiqjon Umarov hamda Azizbek Muhammadiyevlarning yorqin xotiralari uchun o‘tkazildi. Musobaqani ochilish marosimida so‘z olganlar marhumlarning nomlarini esga olishib, hayotda bosib o‘tgan ibratli ishlari haqida to‘xtalib o‘tdilar. Shundan so‘ng, futbol musobaqalariga start berildi.

    Musoboqada 4 ta jamoalar ya’ni Xotinqumi, Qo‘shko‘prik, Sirlimachit hamda Ulug‘bek jamoalari ishtirok etdi. O‘yinlar qizg‘in va ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunida g‘oliblar munosib sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Xususan, 1-o‘ringa 4 mln, 2-o‘ringa 3 mln, 3-o‘ringa 2 mln so‘m pul mukofotlari topshirildi.