Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


DEPUTATLAR QURILISH - TA’MIRLASH ISHLARINI BORISHINI O‘RGANDILAR.

×

 2022-08-18 20:39:25    207

PDF yuklash
Chop etish


 O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti va Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati hamkorlikda Toshloq tumanidagi ijtimoiy ob’yektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini xolati o‘rganildi.

Unda ishtirok etgan tuman kengashi deputatlari tuman kotibiyati rahbari A.Soliyev, XDP tuman tashkilot raisi, tuman kengashi deputati T.Soliyev,  tuman kengashi deputatlari U.Mirzaumarov  va M.Jo‘raboyevlar tumandagi  8-, 20-, 22-, 28-umumta’lim maktablarida 2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarlikni borishi, sinfxonalarini yangi o‘quv yili uchun jihozlanish xolati o‘rganildi. Shuningdek, Qo‘rg‘oncha MFY hududidagi 7-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Maktab 680 o‘rinli bo‘lib yana qo‘shimcha uch qavatli 330 o‘ringa mo‘ljallangan bino yangidan qurilib bitkazilmoqda. Qurilish tashkiloti tomonidan 7320,1 mld so‘m mablag‘ evaziga qo‘shimcha bino qurilib, maktab kapital ta’mirlanmoqda. Huddi shuningdek,  2-sonli MTTda ham 6179,3 mld so‘m mablag‘ evaziga qo‘shimcha oshxona va ma’muriy bino qurish bilan birga, mazkur bolalar bog‘chasida  to‘liq rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

"Farg‘ona krisstal qurilish"  x /k   korxonasi  tomonidan 4253,8 mld.so‘m mablag‘ evaziga Varzak MFY hududidagi 5-sonli MTT binosida ham mukammal qurilish-ta’mirlash ishlari hamda qo‘shimcha ikki qavatli bino qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’yektlarni o‘rganish davomida deputatlar quruvchi va mutaxassislarga olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini tez va sifatli bajarishlari kerakligi hamda Mustaqilligimizning o‘ttiz bir yillik bayrami oldidan foydalanishga topshirishlari zarurligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.+