Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Toshloq tumanidagi Do‘stlik mavzesida 50 yillik muammo o‘z yechimini topdi

×

 2022-08-19 19:44:46    149

PDF yuklash
Chop etish


Insonlarning farovon yashashlari uchun  turli hil mahsulotlarga ehtiyojlari ortayotgan bir paytda ularni ishlab chiqarishga ketayotgan suvning ham miqdori ortmoqda. Bugungi kunda oqova suv (kanalizasiya) tizimisiz aholi punktlarini tasavvur etish qiyin. 
     Toshloq tumani Do‘stlik mahallasidagi  o‘tgan asrning 1970-80 yillar orqalig‘ida qurilgan  27 ta  ko‘p qavatli turar-joylarning oqova suv tizimi mavjud emasligi bois ushbu uylardagi fuqarolarga juda ko‘p noqulayliklar keltirib chiqarishi, ularning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.
        Mazkur muammoni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, viloyat hokimi X.Bozarov topshirig‘iga asosan, uylarning oqova suvi bilan ta’minlash bo‘yicha uchun dastlabki hisob-kitoblarga ishlab chiqilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.
     Unga ko‘ra, 1200 metr masofadagi diametri 160-250 mm bo‘lgan tarmoq tortish hamda 1 ta KNS oqova suv nasos stansiyasini qurish orqali magistral tarmog‘iga ulash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
      Natijada, mazkur hududdagi 458 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga shinam va qulay ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratiladi.
Farg‘ona viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi axborot xizmati