Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qishloq xo‘jaligi: istiqbol va samara
2022-08-23 10:11:10 205
Qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Bugungi kunda Toshloq tumanida aksariyat fermer xo‘jaliklari ko‘p tarmoqli xo‘jalik maqomiga ega bo‘lish uchun astoydil harakat qilyotgani e’tiborga sazovordir.
-“Zarbdor 45 kunlik” doirasida belgilangan barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarishga muvaffaq bo‘lmoqdamiz,-deydi tumandagi “Akmal g‘ururi” fermer xo‘jaligi rahbari Akbarali Ma’murov. – Bu borada tumanda tashkil etilgan Expo Kollor Prin Teks paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan barcha kerakli mahsulotlar o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.
Fermer xo‘jaligi tasarrufidagi 68 gektar yerda parvarishlangan “Namangan-77” navli paxtadan mo‘l hosil yetishtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, birinchi terimning o‘zida har gektar yerdan o‘rtacha 35-40 syentner hosil olish ko‘zda tutilyapti. Shu tariqa fermer xo‘jaligi a’zolari har gektar yerdan kamida 45 syentnerdan hosil olishni maqsad qilishgan.
Ayni paytda fermer xo‘jaligining 12 gektar yerida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan. Shuningdek, xo‘jalikning 73 nafar a’zolari uchun 5 gektar suniy baliq ko‘li, 5 gektar intensiv olma bog‘i, 50 bosh mol-qo‘y, 10 sotix yerda tashkil etilgan issiqxona xo‘jalikning qo‘shimcha daromad manbai hisoblanadi. Daromad hisobiga keyingi yillarda 5 ta zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari sotib olindi.