Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY MUNOSABATI
2022-08-24 16:02:53 208
Bugun ijtimoiy tarmoqlarning birida, “Diqqat! Toshloqda nima gaplar? Aytishlaricha Toshloq rahbariyatining norasmiy topshiriqlari bilan Toshloq shaharchasi IIB binosi atrofida tadbirkorlar xizmat ko‘rsatish shaxobchalarining elektr energiyalari uzib tashlanmoq”da deb fikr bildirilgan. Ushbu bildirilgan murojaatni o‘rganish uchun tuman hokimligi hamda tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan ishchi guruh tashkil etilib, xolat joyning o‘ziga borib o‘rganildi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilish, elektr energiyasidan uzub qo‘yish harakatlari amalga oshirilmagan. Ijtimoiy tarmoqda berilgan ma’lumot o‘z isbotini topmaganligini ma’lum qilamiz. Yana shuni ma’lum qilamizki, Toshloq tumanida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ularning har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qulay shart-sharoitlar yaratish berish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi.