Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA XALQ TA’LIMI XODIMLARINING 2022-2023 O‘QUV YILI OLDIDAN “USTOZLAR MILLIY FORUMI” BO‘LIB O‘TDI.

×

 2022-08-25 14:00:34    244

PDF yuklash
Chop etish


“Ustozlar milliy forumi”da ilg‘or pedagoglar, fanlar bo‘yicha metod birlashmalar rahbar va a’zolari, ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Dastlab tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahnomaligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hamda ustozlarning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar mohiyatiga alohida e’tibor qaratib, ilm o‘rgatish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish ulug‘ fazilat ekanini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, tumanda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ustivor vazifalar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Ayni paytda mamlakatimizda xalq ta’limi tizimi rivojida yangi bosqichga o‘tish jarayoni kechmoqda. Sohada olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan ijobiy yangilanishlarni jahon hamjamiyati katta qiziqish bilan kuzatib, e’tirof etmoqda.  2022 yil “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha tumandagi 31-sonli maktabdagi qurilishlar uchun 2 mlrd 200 mln. so‘mlik mablag‘lar moliyalashtirilgan. 2022 yil Investisiya dasturi bo‘yicha Qo‘rg‘oncha MFY hududidagi 7-sonli maktabning mavjud 680 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash hamda qo‘shimcha 330 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi uchun  7 mlrd 320 mln so‘m mablag‘lari ajratildi. Istiqlol MFY hududidagi 20-sonli maktabda mavjud 220 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash hamda qo‘shimcha 220 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi uchun 3 mlrd 965 mln so‘m sarflandi. Xo‘jariq MFY hududidagi 43-sonli maktabdagi mavjud 80 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash hamda qo‘shimcha 120 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi uchun 2 mlrd. 548 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Bugun qayta qurilgan, ta’mirlangan maktablardagi sinf xonalariga kirar ekansiz  ularni obod va shinamligini ko‘rib ko‘nglingiz ko‘tariladi. 
        Forumda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, tumanda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan ko‘plab ta’lim fidoiylari tuman hokimining faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari, sovg‘alari bilan taqdirlandi.