Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YOSHLAR DAFTARI”DA RO‘YHATDA TURUVCHI YOSHLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA ASBOB-USKUNALAR HAMDA MEHNAT QUROLLARI TOPSHIRILDI.
2022-08-25 19:32:22 261
Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tashabbusi bilan "Yoshlar daftari” ro‘yhatida turuvchi yigit va qizlarga o‘z-o‘zini band qilishi uchun subsidiya asosida eng so‘nggi rusumdagi 24 ta tikuv mashinalari, 6 ta inkubator, 1 ta noutbuk, 9 ta kompyuter jamlanmalari, 7 ta velosipedlar hamda 10 turdagi mehnat qurollari topshirildi. Shuningdek, 14 nafar yoshlarning to‘lov kontrakt pullari ham qisman to‘lab berildi.
Yoshlarga subsidiya asosidagi asbob-uskunalar hamda mehnat qurollarini tuman hokimi A.Djurabayev hamda sektor rahbarlari tantanali ravishda topshirdilar.