Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ENG ULUGʻ, ENG AZIZ BAYRAM – MUSTAQILIGIMIZNING 31 YILLIGI BAYRAM TANTANALARI BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2022-08-26 19:45:37    158

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!» shiori ostida bayram tadbirlari tumanimizning barcha jabhalarida, mehnat jamoalarida hamda mahallalarida yuqori kayfiyatda o‘tkazilmoqda.

Elimizning eng aziz shodiyonasi bo‘lmish – Mustaqillik bayramini keng nishonlash uchun “Oltiy vodiy” to‘yxonasiga mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari,  xotin-qizlar faollari hamda profilaktika inspektorlari bayram dasturxonaga taklif etildi. Dastlab, bayram tadbirida so‘zga chiqqan, tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev barchani Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami bilan samimiy muborakbod etib,  yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida kechayotgan o‘zgarishlar hususida to‘xtalib o‘tdi.

Darhaqiqat, keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mahallalarimiz, eng chekka qishloqlarimiz yanada obod va ko‘rkam bo‘lib bormoqda. Mamlakatimizda sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, hududlarda jinoyatchilikni oldini olish, xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda oilani mustahkamlash borasida hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlarini hamda xotin-qizlar faollarini tashkil etilishi bugun o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Tadbirda so‘z olganlar ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar xususida fikr yuritdilar.

Tadbirda xushovoz xonandalarning diltortar kuy va qo‘shiqlari ishtirokchilarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi