Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUSTAQILLIGIMIZNING 31 YILLIGI SHODIYONASI O‘ZGACHA KAYFIYAT BILAN QARSHI OLINDI. MUSTAQILLIKNING MAFTUNKOR VA HUZURBAXSH TAROVATI ONA YURTIMIZ BAGʻRI UZRA ABADIY KEZIB YURSIN.
2022-08-29 21:55:47 212
Jonajon yurtimiz bo‘ylab istiqlol tarovati taralayotgan, mustaqillik shodiyonalari qizg‘in o‘tayotgan shu kunlarda toshloqliklar ham har sohada yutuq va g‘alabalar bilan kutib olmoqdalar.
Toshloq tumanidagi Markaziy o‘yingohda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida so‘zga chiqqan tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev barcha yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, nishonlanayotgan Mustaqillik bayrami shiorining “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” ekanligi mamlakatimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosati bardavomligidan dalolatligini ta’kidlab o‘tdi.
Tumanimizda olib borilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlari, yangi qurilayotgan maktablar, bog‘chalar, shifoxona maskanlari, barcha sharoitlarga ega zamonaviy aholi turar-joy massivlari, kommunikasiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlarimiz, tadbirkorlikni, sanoatni rivojlantirish orqali ko‘plab ish joylari yaratilayotganligi, agrar sohada erishilayotgan yutuqlar - bularning barcha-barchasi mustaqillik deb atalmish buyuk ne’mat tufaylidir.
Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Axshak mahallasi hududida yangi massiv barpo etilib joriy yilning o‘zida 12 ta ko‘p qavatli 270 xonadondan iborat uy-joylar foydalanishga topshirildi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida nafaqat Xonaqa, Naymanbo‘ston fuqarolar yig‘inlari hududida, balki tumanimizning barcha hududlarida davlat byudjeti va xomiylar mablag‘lari hisobiga keng miqyosda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ko‘rinib turibdiki yuqoridagi singari ezgu ishlarning har biri ortida insonlar manfaati yotibdi. Darhaqiqat har bir yurtdoshimiz ana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlikka hamisha sazovor ekan uning ertangi kuniga ishonchi ortadi. Yurtimizdagi ijobiy o‘zgarishlarga o‘z hissasini qo‘shish tuyg‘usi shakllanadi,-deydi tuman hokimi tabrik so‘zida.
Tadbirning badiiy qismida taniqli san’atkorlar, estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan raqs, kuy va qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tantanalar yakunida O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi sharafiga bayram mushaklari otildi.