Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi arafasida Toshloq tumani tibbiyot
2022-08-30 15:55:41 190
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi arafasida Toshloq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 3 ta oilaviy shifokorlik punktlari faoliyatini boshladi.
Tumandagi Tog‘liq, Bo‘ston hamda Ucholish MFYlarda yangi tashkil etilgan oilaviy shifokorlik punktlari aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatmoqda. Ushbu maskanlarda aholi uchun malakali shifokorlar jalb etilib, kerakli dori vositalari bilan ta’minlandi.
Eng chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholini salomatligi yo‘lida olib borilgan bunday sa’y-harakatlar mahalla ahli uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.