Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY MUNOSABATI
2022-09-03 22:33:07 214
Bugun ijtimoiy tarmoqlarning birida “Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Axshak mahalla fuqarolar yig‘ini Yangiqishloq mahallasi Sevinch ko‘chasida yashovchi ayollar najot izlab murojaat qilmoqdamiz. Yangi chek mahallamizni uch yildan beri asfalt qilib beramiz, tenderga tushgan deb aldab kelishadi. Bu yil ham shag‘al yoyildi, asfalt emas, beton styajka qilinadi deb hammani ovora qilishdi. Lekin yana biz qolib ketdik. Farzandlarimiz o‘qishga, kattalar ishga qatnashda qiynalmoqda. Iltimos, hududimizni asfaltlab berishsin” degan murojaat yo‘llandi.
Ushbu murojaat bo‘yicha tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish olib borildi. Murojaatda yozilgan Sevinch ko‘chasi 2021 yil 2 aprel kungi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5048-sonli qaroriga asosan, dasturga ko‘ra ichki yo‘llar uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan 162 mln so‘m mablag‘ evaziga 630 metr ichki yo‘llar asfalt qilingan. Yakkavut MFY hududida 27150 metr uzunlikdagi ichki yo‘llar mavjud bo‘lib, shundan 13370 metr asfaltli, 13150 metr shag‘alli va 630 metr tuprog‘li ko‘chani tashkil etadi. Sevinch ko‘chasida esa 5130 metr asfaltli, 3170 metr shag‘alli ko‘cha mavjud.
Hozirda, ushbu ko‘chani qolgan qismini asfaltlash uchun "Ochiq byujed" portaliga taklif kiritilgan bo‘lib, ovoz berish jarayonlari ketmoqda. Taklifga ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlari ya’ni ID:1450600127 orqali kiritilgan.
Shu kuni aholiga ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etib, ko‘proq ovoz to‘plansa Sevinch ko‘chasini asfalt qilinishiga mablag‘ yo‘naltirilishi tushuntirildi.