Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BOLAJONLAR UCHUN YANA BIR TUHFA

×

 2022-09-07 14:46:31    133

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanidagi Farog‘at MFY hududida joylashgan 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangi ta’mirlangan, zamonaviy hamda shinam xonalarga ega binoda faoliyatini boshladi.
       Bog‘chani qurilish ta’mirlash ishlari uchun Investisiya dasturi asosida  2 mlrd 670 mln so‘m mablag‘lar ajratildi. Tez va sifatli bajarilgan qurilish ishlari natijasida o‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa va sport zallari zamonaviy jihozlandi. 180 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada bolajonlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulot xonalari zarur jihozlar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlandi.
       Hozirda muassasada 20 nafar pedagog xodim faoliyat yuritmoqda. Kundalik mashg‘ulotlardan tashqari rus, ingliz tili, shaxmat, shashka, rasm chizish, badiiy gimnastika to‘garaklari ham faoliyat ko‘rsatadi. Har bir guruh xonasiga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Binoning ochilish marosimida Toshloq tuman hokimi A.Djurabayev, tuman prokurori A.Xudoyberganov hamda maktabgacha ta’lim bo‘limi mutasaddilari, jamoatchilik vakillari, ota-onalar ishtirok etishdi. Shundan so‘ng mehmonlar muassasa binosi va bu yerda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.