Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XORIJIY DAVLATLARDA ISHLASH ISTAGINI BILDIRGAN BIR GURUH FUQAROLARNI CHYeT TILLARIGA O‘QITISH BOSHLANDI
2022-09-07 20:40:43 222
Ma’lumki, joriy yilning 25-30 iyul kunlari Farg‘ona viloyati hokimi boshchiligidagi viloyat delegasiyasi Germaniya va Avstriya davlatlarida bo‘lib, ushbu davlatlar bilan tibbiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa bir qator sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi.
Kelishuvlarda ushbu davlatlarda mehnat qilish istagidagi fuqarolarimizga munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Hozirda rivojlangan davlatlarga borib mehnat qilish uchun eng avvalo xorijiy tillarni mukammal bilish asosiy talablardan biri bo‘lmoqda. Shu boisdan viloyatimiz rahbariyati tomonidan chet tillariga o‘qitish markazlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun tumandagi "Yoshlar markazi" binosida Germaniya davlatida ishlash istagini bildirgan 40 nafar fuqarolarning nemis tiliga o‘qitish bo‘yicha o‘quv-kursi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. O‘quv-kursiga yig‘ilgan fuqarolar bilan tuman hokimi A.Djurabayev uchrashib, maskanda o‘qitish sifatini yanada yaxshilash, fuqarolarning turli kasblarga qiziqtirish, chuqurlashtirilgan tartibda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkoniyati yaratilganligini ta’kidlab o‘tdi.