Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"YILNING ENG YAXSHI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI OSHPAZI" KO‘RIK- TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

×

 2022-09-08 15:32:20    143

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022 yil 12 avgustdagi 97-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom bo‘yicha belgilangan talablar asosida sog‘lom va xavfsiz to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlash maqsadida Toshloq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 15- KTIMTTda "Yilning eng yaxshi oshpazi" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi 22 ta DMTTlarning tajribali oshpazlari ishtirok etdi. Shartlarga ko‘ra, har bir ishtirokchining bajargan ishlari Hakamlar xay’ati tomonidan baholab borildi.

Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlandi. Birinchi o‘rin 26-DMTT oshpazi Odinaxon Gʻaniyevaga, ikkinchi o‘rin 15-KTIMTT oshpazi  Munavvarxon Holiqovaga hamda uchinchi o‘rin 29-DMTT oshpazi Gulbaxorxon Alijonovalarga nasib etdi.

Gʻoliblarga Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.