Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJRO INTIZOMIGA MAS’UL XODIMLARGA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
2022-09-09 16:20:39 231
Farg‘ona viloyati hokimining 2022 yil 30 mart sanasida “Shahar, tuman hokimliklarining takliflariga asosan quyi tizim korxona, tashkilotlarida Qonunchilik hujjatlari bilan ishlash yuzasidan ijro intizomiga mas’ul xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar o‘tkazish bo‘yicha” reja jadvali tasdiqlangan.
Ushbu reja asosida Toshloq tumanida korxona va tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul xodimlar uchun amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori hamda hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini tashkil etish, ijro intizomini doimiy o‘rganish va monitoringini yuritish tartibi, hujjatlarni arxivga topshirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.