Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDAGI MAHALLALARDA YOSHLAR UCHUN “BOOK KAFE”LAR FAOLIYAT YURITMOQDA

×

 2022-09-09 16:26:02    158

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda yoshlarni ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasida ham joylarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
        Ayniqsa, qishloqlarda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, ularni kitob o‘qishga qiziqtirish, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida “Ziyo maskanlari” hamda “Book cafye” lar tashkil etilmoqda.  Xonariq MFYda faoliyatini boshlagan “Book cafye”da yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Xususan, badiiy adabiyotlar, bepul internet tarmog‘i yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholi bu yerda doimiy ravishda maroqli hordiq chiqarmoqda.
       -Bo‘sh vaqtimizni mazmunli o‘tkazish uchun juda yaxshi bo‘ldi,- deydi Diyorbek Akramov. Kechga yaqin bu maskan yoshlarga to‘lib ketadi. Kimdir kitob o‘qish bilan, kimdir bepul internetdan foydalanish bilan mashg‘ul. Kutubxonamizda barcha zurur bo‘lgan adabiyotlarni topasiz. Maroqli hordiq chiqarish uchun tadbirkor tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan. Salqin ichimliklar hamda muzqaymoqlar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Xonariq MFY yoshlar yetakchisi Ma’mura Turdialiyeva har kuni biz bilan suhbatda bo‘ladi. Undan kerakli yordam va maslahatlarni olyapmiz.
       Nayman MFY hududida yangi ish boshlagan “Book cafye”da ham “Wi-fi” zona hamda kutubxona yoshlar ihtiyoriga topshirilgan. Ushbu maskanda mahalla yoshlari bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli o‘tkazmoqdalar.  
       Darhaqiqat, tumanimiz chekka qishloqlarida tashkil etilayotgan bu kabi maskanlar yoshlarimiz uchun ajoyib tuhfa bo‘lmoqda. Tashkilotchilar tomonidan aholiga yana bir qulaylik yaratish maqsadida “Wi-fi” zonalar Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda markaziy kutubxonaning elektron bazasiga ulanuvchi QR kodli elektron kitoblar manzillari bilan ta’minlanmoqda.