Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA YOSHLAR O‘RTASIDA YOZGI BIATLON SPORT TURI BO‘YICHA VILOYAT KUBOGI MUSOBAQASI O‘TKAZILDI.

×

 2022-09-09 16:31:17    146

PDF yuklash
Chop etish


Tumanda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportning texnik va amaliy turlariga keng jalb qilish va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, Respublika musobaqalarida munosib ishtirok etuvchi kuchli va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida bir qator sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
         O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Toshloq tuman o‘quv sport texnika klubiga qarashli avtomobillarni boshqarishni o‘rgatuvchi maydonchasida yosh sportchilar o‘rtasida yozgi biatlon sport turi bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
         Musobaqada har bir tuman shahar O‘STK (Avto M) lardan yozgi biatlon sport turi bo‘yicha terma jamoalar ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2001-2007 yillar oralig‘ida tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rin Toshloq O‘STK  sportchisi Samandar Usmonovga, 2-o‘rin VT va ASTM sportchisi Shaxzod Axmadjonovga, 3-o‘rin Dang‘ara O‘STK sportchisi Axatjon Qurbonovlarga nasib etdi. 2002-2007 yillar oralig‘ida tug‘ilgan qiz bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni VT va  ASTM sportchisi Nafosat Muhammadjonova, 2-o‘rinni VT va ASTM sportchisi Odina Arabova hamda 3-o‘rinni Beshariq O‘STK sportchisi Saida Isomiddinovalar egaladi. 
    Viloyat musobaqasida faxrli o‘rinlarni egallagan sportchilar qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandilar.