Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 187 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


DALADA HAYOT QAYNAMOQDA

×

 2022-09-13 17:33:50    226

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda mashaqqatlar samarasini – bog‘lar shirin-shakar mevalarga, dalalar “oq oltin”ga to‘latdi.
      Toshloq tumanidagi Zarkent mahallasida joylashgan “Zarkent ziynati” fermer xo‘jaligining 25,4 gektarlik paxta maydonida 100 nafardan ortiq terimchilarning mehnat qo‘shiqlari yangramoqda.

Fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Akmal Rahmonovning ta’kidlashicha, bu yil paxtdan 101,8 tonna hosil olish rejalashtirilgan. 3 kunda 21 tonna  paxta sotishga erishildi.-Paxtamizning navi “S 82-90”, - deydi u. –  fermer xo‘jaligining 26 nafar a’zolari bilan birga, qo‘shni mahallalardan o‘z ixtiyori bilan terimga chiqqanlar ham ko‘p. Birinchi terimda har bir kilogram paxta uchun 1500 so‘m, ikkinchi terimda 1800 so‘m pul to‘lanadi.

Muqaddas opa Mirzayeva bir kunda 100 kilogrammdan ortiq paxta termasa daladan chiqmaydi,-deyishdi terimchilar. Mana Ra’no Rahmonova, Gulasal Toshmatova, Muhabbat Rahimova va Mo‘mina Siddiqovalar kunning birinchi yarmidayoq 60 kilogrammdan paxta terishibdi. Endi boshqalar ham ulardan qolishmaslik uchun jadalroq harakat qilishga kirishadi.

Dalada hayot qaynamoqda. “Oq oltin” xirmoni tobora yuksalib, bahordan buyon qilingan mehnatlar samarasi yuzaga chiqmoqda.