Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi A.Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
2022-09-13 17:43:02 190
Qabulda fuqarolarning kommunal soha, bandlikni ta’minlash, qishloq infratuzilmasini yaxshilash, bank krediti, uy-joy uchun yer ajratish, uy-joyni kadastrdan o‘tkazish, ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida o‘rganib chiqildi.
Qabul davomida 40 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi va shu kunning o‘zida 15 ta murojaat o‘z yechimini topdi. 5 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qabul so‘ngida belgilangan muddatda ijro etmagan, murojaatlarni ijobiy hal etilishiga befarq bo‘lgan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi