Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BOSHLANGʻICh TASHKILOT YeTAKCHISI: HISOBOT-SAYLOVI

×

 2022-09-16 16:53:10    149

PDF yuklash
Chop etish


 Toshloq tumanidagi umumta’lim maktablarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. 
     9-maktabda o‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishida yosh ishchi-xodimlar, maktab rahbariyati ishtirok etdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan  takliflar  delegatlar tomonidan ovoz berilib, boshlang‘ich tashkilotning o‘tgan davrdagi faoliyati qoniqarli deb topildi. 88 foiz ovoz bilan boshlang‘ich tashkilot yetakchisi sifatida Feruza Mo‘minova saylandi. Boshlang‘ich tashkilotning 1 yillik ish rejasi ham tasdiqlandi.
     42-maktabdagi hisobot-saylov yig‘ilishda 16 nafar yosh ishchi-xodimlar hamda maktab rahbariyati ishtirok etib, boshlang‘ich tashkilotning o‘tgan davrdagi  faoliyati qoniqarli deb topildi. 86 foiz bilan tashkilot yetakchi  sifatida Nasiba Abdullayeva  saylandi.
    Xozirda maktablarda o‘quvchilar tomonidan maktab sardorlarini saylash jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Yoshlar o‘zlari munosib deb topgan o‘quvchilariga ovoz berishmoqda. Maktab sardorligiga ovoz berish jarayonlari tumanimizdagi barcha maktablarda ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.