Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 230 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK

×

 2022-09-16 19:55:54    252

PDF yuklash
Chop etish


 Toshloq tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsumni betalofot o‘tkazish maqsadida kommunal soha tizimida ish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
      Ma’lumki, har yili ijtimoiy, kommunal sohalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari erta boshlanib, aholi sovuq kunlarda qiynalmasligi uchun barcha chora-tadbirlar bajariladi. Xususan, aholiga uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida elektr ta’minoti korxonalari tomonidan keng qamrovli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
      Ayni kunlarda Toshloq tumani elektr tarmoqlari korxonasi hisobidagi 0,4-6/110 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida bosqichma-bosqich yangilash va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumni betalofot o‘tkazish maqsadida past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tarmoqlar navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazilib, simlar qayta tekshiruvdan o‘tkazildi. Mavsumga tayyorgarlik jarayonlarida 12 dona transfarmator punktlarini qurish, 49 dona transfarmator punktlarini mukammal ta’mirlash ishlari ham rejalashtirilgan.
       Shu kunga qadar Xotinqumi MFYdagi TP-259 ni yuklamasini yengillashtirish uchun 36 dona temir beton-tayanchlari o‘rnatilib, 1 dona KTPM 63/6 kVli transfarmator punkti o‘rnatildi. Kattako‘cha MFYda ham 50 dona, Qanjirg‘a MFYda 62 dona temir-beton tayanchlari o‘rnatildi. Tumandagi mahallalarda, ko‘chalarda elektr uzatish havo tarmoqlaridagi eskirib yaroqsiz holga kelgan alyuminiy simlarni yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirish, yangi tarmoqqa iste’molchilarni ulash, ya’ni yakuniy montaj ishlarini amalga oshirish ishlari davom etmoqda