Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR QABULI: MUAMMO VA YeCHIM
2022-09-20 17:43:13 219
BUGUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING TOSHLOQ TUMANI XALQ QABULXONASIDA TUMAN HOKIMI A.DJURABAYeVNING NAVBATDAGI QABULI O‘TKAZILDI.
Unda tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolar murojaatlari tinglandi. Fuqarolarning murojaatlarini batafsil o‘rganib chiqish, qonun doirasida ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Qabul jarayonida 50 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi.
Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 10 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari va bir nafar nogironligi bor fuqaroga nogironlik aravachasi, 1 nafar nogironligi bor murojaatchiga eshitish apparati berildi. 15 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Qabul davomida barcha murojaatlar tegishlicha o‘rganildi va ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, tuman hokimi har hafta seshanba kuni fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladi.