Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Oktyabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA FERMERLAR PAXTA TAYYORLASH SHARTNOMAVIY REJASINI QISQA MUDDATDA BAJARMOQDALAR

×

 2022-09-22 20:49:42    559

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda tumanda paxta yig‘im-terim ishlari avjida ketmoqda. Mavsumda sektor rahbarlari, paxtachilik klasteri, mahalla fuqarolar yig‘inlari terimchilar holidan habar olib, ularga kerakli shart-sharoitlar yaratib berishga, mehnatlarini munosib taqdirlash ishlariga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Bu kabi sa’y-harakatlar paxta dalalarida terim sur’atini yanada oshishiga hissa qo‘shmoqda.  
      Tumandagi Zarkent f servis MMTP hududida faoliyat olib borayotgan  “Mamasidiq Xasanjon o‘g‘li” fermer xo‘jaligida yig‘im-terim ishlariga 60 nafardan ortiq terimchilar jalb qilindi. Birinchi terimning o‘zida 15 gektar yerda parvarishlangan “S-8290” navli paxtadan 65 tonnadan ziyod hosil yig‘ishtirib olindi.
     Fermer xo‘jaligimizda paxta yig‘im-terim mavsumi uyushqoqlik bilan boshlandi,-deydi fermer xo‘jaligi rahbari Gʻolibjon Xasanov. -Bu jarayonda terim otryadlari tashkil etilib, terimchilarga zarur sharoit va qulayliklar yaratildi. Ayniqsa, paxta hosilini yig‘ib-terib olishda fermer xo‘jaligi a’zolari bilan birgalikda uyushmagan aholini faol ishtirok etishi hosilni tez va sifatli qilib terib olishga katta yordam berdi. 
       Ayni kunlarda “Mamasidiq Xasanjon o‘g‘li” fermer xo‘jaligi belgilangan paxta rejasini birinchi terimdayoq ortig‘i bilan bajardi. Shu munosabat bilan fermer xo‘jaligida terimchilar uchun bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda tuman hokimi A.Djurabayev hamda sektor rahbarlari ishtirok etib bir guruh ilg‘or terimchi va ishchi-xodimlarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar.