Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON: KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA
2022-09-26 17:29:31 302
Ma’lumki, mamlakatimizda joriy kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazilishini ta’minlash, joylarda ayniqsa, qishloqlarda ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’yektlarini barqaror ishlashga tayyorlash, jumladan, elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshloq tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 0,4-6/110 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida bosqichma-bosqich yangilash va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarida mahallalarda elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari ketmoqda. Ayni kunlarda tumandagi Yakkavut MFYdaga ko‘chalarga 1200 metr uzunlikdagi sip kabellari tortilmoqda, Xamrak mahallasiga 20 dona temir-beton tayanchlari o‘rnatildi.
Bundan tashqari mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.