Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HUQUQIY MAVZUDA DAVRA SUHBATI

×

 2022-09-29 19:38:28    235

PDF yuklash
Chop etish


Kuni-kecha Toshloq tumani Toshloq MFY binosida  Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi A.Akbarov va sud’yasi X.Boynazarov, Toshloq tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi A.Raximovlar ishtirokida  “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar hamda mahalla fuqarolar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
         Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasiga asosan xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, xususan xotin-qizlar orasida qonuniylik va huquq-targ‘ibotni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish va 2022 yil 25 yanvar kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-747-sonli Qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 34-bandi ijrosi yuzasidan tushunchalar berib o‘tdilar