Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MEHR NURI YOGʻAR DOIM, YUZINGIZDAN USTOZLAR!

×

 2022-09-30 21:08:29    239

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanib, ulug‘ zot sanalmish ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda.
       Ushbu kun munosabati bilan tuman xalq ta’limi tizimida mehnat qilayotgan fidoiy o‘qituvchilar hamda mehnat faxriylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.   
         Bayram tadbirini tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev tabrik so‘zi bilan ochib ustozlarni samimiy muborakbod etar ekan, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligini oshirish, xususan, xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, farzandlarimizning yetuk va barkamol avlod bo‘lib kamol topishi yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida siz aziz ustozlarning ham munosib hissangiz katta ekanligini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tdi.
     Tadbir davomida bir guruh soha fidoiylariga faxriy yorliq, tashakkurnoma va bayram sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng, yangragan sho‘x kuy-qo‘shiqlar va beg‘ubor raqslar bayramga o‘zgacha fayz qo‘shdi.