Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


PAXTA – 2022: TUMANIMIZDA YIGʻIM–TERIM ISHLARI JADAL OLIB BORILMOQDA

×

 2022-10-01 19:53:32    202

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda viloyatimizda bo‘lgani kabi Toshloq tumanida ham joriy yilgi paxta mavsumi yumushlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
     Ta’kidlash o‘rinliki, mavsum uyushqoqligini ta’minlash maqsadida tumanda jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilib, fermer xo‘jaliklari va terim otryadlari a’zolari uchun barcha shart-sharoit yaratib berildi.      
      Bu yil Toshloq tumanida 5120 gektar maydondan 18 ming 200 tonna sifatli paxta hosili yig‘ishtirib olishda mavsum ishtirokchilarining moddiy manfaatdorligini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani muhim omil bo‘lmoqda. Shu bois terimda har kuni o‘rtacha 6500-6700 nafar terimchilar qatnashmoqda.  
      Hozirgi kunga qadar paxtachilik yo‘nalishidagi 166 ta fermer xo‘jaliklari va 90 ta terim otryadlari tomonidan 14,5 ming tonna paxta terib olindi. Bugungacha 4447 gektardan terib olingan paxta hosildorligi bir gektardan o‘rtacha 32,7 syentnerni tashkil etayotir. Ko‘plab ilg‘or fermer xo‘jaliklari birinchi terimning o‘zida 42-45 syentnerdan hosil olishga erishayotgani quvonarlidir.
      Tumandagi “Asadbek Qobiljon” fermer xo‘jaligi a’zolari shartnoma rejasini bajarish maqsadida astoydil mehnat qilishmoqda. Birinchi terimning o‘zida 35 gektar maydonga ekilgan “S-8290” navli paxtaning har gektaridan o‘rtacha 40 syentnerdan hosil olinyapti. Dalada hali 16 gektar yerda birinchi terim turibdi. Fermer xo‘jaligida paxta terayotgan 59-otryad a’zolariga shu kungacha 45 million so‘m terim puli tarqatildi. 
    -Birinchi terimning o‘zida har gektar yerdan olinadigan hosildorlikni 45 syentnerga yetkazishni maqsad qilganmiz,-deydi “Durdona baraka” fermer xo‘jaligi rahbari Abdujalil Rahimov. –Hozircha 13 gektar yerda birinchi terim bo‘lishiga qaramay shartnoma rejasi deyarli bajarildi. Har kuni o‘rtacha 135-150 nafar terimchi paxta termoqda. O‘tgan haftadan buyon har bir kilo paxta uchun 1700 so‘mdan terim puli, 100 kg paxta uchun 1 kg dan o‘simlik yog‘i tarqatilyapti. Mavsum boshidan buyon terimchilarga 150 million so‘m terim puli tarqatildi.                       Shu yilning 29 sentyabr holatiga tumanda terib olingan paxta uchun terimchilarga 17 milliard 509 million so‘mdan ortiq terim pullari tarqatildi.
      Mavsum fidoyilari kuzning har bir quyoshli kunini g‘animat qilib, yig‘im-terim ishlarini uyushqoqlik bilan davom ettirmoqdalar.