Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2022-10-03 18:25:47 259
Mahallalar jamiyatning kichik bo‘g‘ini sifatida barcha insoniy fazilatlarni shakllantirish, oilalarda tinchlik-totuvlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan mahallalarda ishlash tizimini tubdan yaxshilash hamda mehnat qilayotgan xodimlarga qulay sharoitlar yaratib berish borasida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Toshloq tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida bugun Quyiyakkatut MFY binosi yangidan qurib, foydalanishga topshirildi. Mahalla binosining tantanali ochilish marosimida tuman hokimi A.Djurabayev, sektor rahbarlari, nuroniy otaxonlar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
Quyiyakkatut mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi tadbirkor M.Xonqulov tomonidan barpo etilib, qurilish ishlariga 280 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.