Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON: TUMANDA IJTIMOIY SOHA OB’YEKTLARINI MAVSUMGA TAYYORLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
2022-10-05 19:22:54 247
azirlar Mahkamasining joriy yil 26 sentyabrda «Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini ta’minlash to‘g‘risida» qarori tasdiqlandi.
Ushbu qaror yuzasidan Toshloq tumanida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini, ya’ni umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash va boshqa turdagi ijtimoiy soha ob’yektlarini isitishga tayyorlash, ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish ishlari olib borilmoqda.
Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga katta tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Mavjud isitish qozonlari joriy ta’mirlanib, ko‘mir mahsulotlari zahirasi yaratilmoqda. Shu kunga qadar 29 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 600 tonnadan ortiq ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi.
Tuman tibbiyot birlashmasida ham mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Birlashmaga qarashli bo‘limlar, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokorlik punktlarida 2022/2023-yilarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 600 tonna ko‘mir yoqilg‘isi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 614 tonna ko‘mir tarqatildi.
Amalga oshirilayotgan bunday tayyorgarlik chora-tadbirlari mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy soha ob’yektlarini kuz-qish mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazishini ta’minlashga xizmat qiladi.