Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KENG VA RAVON YO‘LLAR AHOLI XIZMATIDA
2022-10-12 16:43:22 207
Keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy yo‘llarni barpo etish, ta’mirlash hamda transport-kommunikasiya infratuzilmasini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning amaliy samarasini nafaqat shahar yoki tuman markazlari, balki chekka va olis qishloqlarda ham kuzatish mumkin.
Ayni kunlarda Toshloq tumanida ichki yo‘llarni qayta ta’mirlash, asfaltlashmagan ko‘chalarni sifatli tarzda asfaltlash orqali aholiga yanada qulayliklar yaratilmoqda. Ayniqsa bu kabi sa’y-harakatlar tumanning eng olis qishloqlarida keng qarovda amalga oshirilmoqda.
Birgina, Toshloq yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan bugungi kunda Chek MFYdagi Xavas ko‘chasida tez va sifatli asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar Ucholish MFYda 0,7 km.lik, Sadda MFYda 1.2 km.lik, Qamchipurush MFYda 1.6 km.lik ichki yo‘llarda asfaltlash ishlari yakuniga yetkazildi.
Bundan tashqari mahallalardagi ichki yo‘llarda syement-beton qoplamasi qurilish ishlari ham olib borilmoqda. Hozirda Xonaqa MFYda 2 km, Axshak guzar MFYda 0.5 km hamda Xo‘jaariq MFYda 0.5 km masofadagi ko‘chalarda syement-beton qoplamasi qilindi.
Tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlar qatori yo‘lsozlarning sa’y-harakati bilan endilikda aholi yog‘in-sochinli kunlarda tekis yo‘llardan foydalanadilar.