Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 139 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQNING OBOD BO‘LAYOTGAN QISHLOQLARI

×

 2022-10-13 15:41:12    208

PDF yuklash
Chop etish


    Prezidentimizning 2022 yil 18 martdagi qaroriga asosan tumandagi Xonaqa hamda Naymanbo‘ston MFYlarida “Obod qishloq” dasturi asosida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.


   Dastur doirasida respublika va mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar evaziga qishloqlarning me’moriy qiyofasini tubdan yaxshilash, yo‘l-transport, muhandislik kommunikasiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini barpo etish orqali aholiga ko‘plab qulayliklar yaratilmoqda.

     Tumandagi Naymanbo‘ston MFYda “Obod qishloq” dasturiga ko‘ra, ichki yo‘llarni ta’mirlash rejasi 10 km.ni tashkil etib, hozirda 8 km asfaltlash hamda 2 km qismi syement-beton qoplamasi ishlari yakuniga yetkazilmoqda.  Mahallada ichimlik suv ta’minotini yaxshilash borasida 2 ta toza ichimlik suv qudug‘ini qazish, 2 dona suv minorasini o‘rnatish hamda 15,5 km.lik tarmoq tortish ishlari bajarilmoqda. Aholiga uzluksiz hamda sifatli elektr energiya ta’minotini yetkazib berish maqsadida 2 dona transformator o‘rnatilib, 2.8 km tarmoq liniyalari yangilandi.


     Dastur doirasida ko‘chalarni obodonlashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu kunga qadar 500 metr piyodalar yo‘lagi qurilib, 50 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Bugungi kunda 65 dona ko‘cha chiroqlarni o‘rnatish va 300 metr piyodalar yo‘lagini qurish ishlari olib borilmoqda. 
-Mahallamiz kundan kunga chiroy ochib bormoqda,-deydi Naymanbo‘ston MFY raisi Komiljon Yo‘ldoshev. Tumanning eng olis qishlog‘i bo‘lishiga qaramay, bunyodkorlik ishlari keng qamrovda olib borilmoqda. Qurilish ishlarini tez va sifatli yakunlash maqsadida zamoniy texnikalar jalb etilgan. Aholimiz kechayotgan ijobiy o‘zgarishlardan hamda yaratilayotgan qulayliklardan mumnun bo‘lmoqdalar.