O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshloq tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumandagi 21 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muammolarini o‘rganish va hal etish hamda ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan. Kuni-kecha xayrli ishlardan biri tuman hokimligi tomonidan amalga oshirildi. Tumanda “Mehr daftari”dagi o‘g‘il-qizlarni orzu istaklarini amalga oshirish maqsadida 6 nafariga kompyuter to‘plamlari, 1 nafariga mebel jihozi va 2 nafariga tikuv mashinalari topshirildi.
Tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev kompyuter va tikuv mashinalarini o‘z egalariga topshirar ekan, hukumatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hususida ta’kidlab o‘tdi. – Sizlarga berilayotgan kompyuter jamlanmalari va tikuv mashinalari kelgusi hayotingizda bilim va malakalaringizni oshirib, davlatimiz rivojlanishiga o‘z hissalaringizni qo‘shishingizga ishonamiz, - deydi tuman hokimi.