Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 159 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA ALIMENT TO‘LAMAGAN 9 NAFAR MAS’ULIYATSIZ OTAGA CHORA KO‘RILDI.

×

 2022-10-19 10:56:41    258

PDF yuklash
Chop etish


Aliment undirish ota-ona uchun ma’qul bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar bolalarning kerakli tarbiya va ta’minot olishlari, sog‘lom ulg‘ayishlari uchun zarur chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.
     Shuning uchun ushbu masalaga duch kelgan ota-ona voyaga yetmagan bolaning huquq va manfaatlarini uning ta’minoti orqali himoya qilish to‘g‘risida xabardor bo‘lishlari shart.
    Biroq, ayrim otalar borki otalik majburiyatini bajarishdan qochib, voyaga yetmagan farzandini ta’minotidan qasddan bo‘yin tovlab yuradi.
    Joriy yilning 18 oktyabr kuni Majburiy ijro byurosi Toshloq tumani bo‘limi binosida o‘tkazilagan sayyor sudda U.X  80.5 mln. so‘m, O.T 20.5 mln. so‘m, A.F 8.4 mln. so‘m, Yu.I 93.3 mln. so‘m, T.I 4.9 mln. so‘m, X.U 7.9 mln. so‘m, M.N 3.5 mln. so‘m, Sh.X 8.7 mln. so‘m, N.B 26.3 mln. so‘m jami 9 nafar aliment to‘lashni qasddan bo‘yin tovlagan qarzdor otalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-, 4-moddasi 1-qismi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Majburiy ijro byurosi Toshloq tuman bo‘limi.