Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ASOSIY MAQSAD AHOLI ROZILIGI
2022-10-20 15:54:16 217
Toshloq tumanida aholi farovonligini ta’minlash, xalqimizga qulay sharoitlarni yaratib berish maqsadida mahallalarda ayniqsa, olis qishloqlarda keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Hududlarda aholining murojaatlari o‘z vaqtida o‘rganilib, bartaraf etish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yo‘l qurilishi, elektr ta’minoti hamda ichimlik suvini yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shunday sa’y-harakatlardan biri bugun Xo‘jaariq MFYdagi Xorazm ko‘chasida boshlandi. Dastlab, mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari aholi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandilar. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlardagi masalalarni hal etish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlariga kirishdilar. Xususan, aholini qiynab kelayotgan yo‘l muammosi ham o‘z yechimini topdi.
Toshloq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan yo‘l qurilishi uchun zarur texnikalar, ishchilar jalb etildi. Aholiga toza ichimlik suvini yetkazib berish maqsadida suv ta’minoti korxonasi mutaxassislari qurilish-montaj ishlarini olib bormoqdalar. Bundan tashqari aholiga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida ham elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlari ko‘zdan kechirib, zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, Xorazm ko‘chasida istiqomat qilayotgan aholining uzoq yillar mobaynida yechimini kutayotgan muammolari bartaraf qilinib, ezgu orzu - istaklari ro‘yobga chiqadigan bo‘ldi.