Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


JORIY YILDA TOSHLOQ TUMANIDA 50,7 KILOMETR ICHKI YO‘LLARDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILDI.

×

 2022-10-28 18:06:04    376

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda Toshloq tumanida obodonchilik, bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda yo‘llar qurish, mavjud yo‘llarni ta’mirlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
        Ayni kunlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida tumandagi mahallalarda ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Tumanning eng olis qishloqlaridan biri bo‘lgan Xo‘jaariq MFYdagi Xorazm ko‘chasida 3 km masofadagi ichki yo‘llarda qurilish-ta’mirlash ishlari sifatli bajarilmoqda. Toshloq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan yo‘l qurilishi va ta’mirida ishlatiladigan zarur texnikalar jalb etilgan. Tez kunlarda yangi qurilgan yo‘l Xorazm ko‘chasida yashovchi aholi hamda ularning farzandlariga uzoq yillar xizmat ko‘rsatadi.  
       Tumanda aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, mahallalarning qiyofasini tubdan o‘zgartirish hamda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida mahallalarda tizimli ishlar olib borilmoqda.
       Murojaatlarga asosan mahallalardagi tuproq yo‘llariga tosh to‘kilib, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ko‘chalarni ta’mirlashda maxsus texnikalar yordamida tekislash va presslash ishlari olib borilmoqda.