TOSHLOQDA 30 NAFAR AYOLGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINASI BERILADI
×
2022-10-29 15:22:07 318
PDF yuklash
Chop etish
Toshloq tumanida ishsiz, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarga hamda tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini subsidiya asosida tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi tomonidan tarqatilmoqda. Kuni-kecha 30 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida bepul tikuv mashinalarini tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev hamda tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganovlar topshirdi. Ayollar bandligini ta’minlash, ularni yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish va bu kabi amaliy ishlar joylarda davom etmoqda.