TOSHLOQDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA
×
2022-11-01 07:36:53 200
PDF yuklash
Chop etish
Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Toshloq tuman hokimligi hamkorligida mahallalardagi 20 dan ortiq kam ta’minlangan oilalarga 10 tupdan mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi. Bugun imkoniyati cheklangan fuqarolari bor xonadonlarga gilos, uzum, behi kabi 5 xildagi mevali ko‘chatlar ekib berildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxt ko‘chat turlari xonadon egalarini xohshiga ko‘ra olib kelindi. Kelgusida ushbu ko‘chatlar hosilga kirib xonadon egasiga daromad keltirishi, atrof-muhit uchun foydali ekanligi tushuntirildi.