Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING 63-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2022-11-03 13:40:13 374
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalaga dahldor tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Sessiya ishini Toshloq tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduqaxxor Djurabayev ochdi va olib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Kun tartibidagi dastlabki masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 1-, 2-, 3-sektor rahbarlarining hisoboti.
Kun tartibidagi navbatdagi masala - “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshloq tumanida bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston xalq Demokratik partiyasi Toshloq tumani Kengashi raisining axboroti.
Navbatdagi masala- Tuman “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini sarflanishi to‘g‘risida.
Navbatdagi masala - Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2022 yil 24 oktyabrdagi tumandagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarni umumiy o‘rta ta’lim muassasasini ko‘rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha eng yaxshi dastur egasini tanlab olish to‘g‘risidagi №04/3800-sonli xati ijrosi to‘g‘risida.
Kun tartibidagi navbatdagi masala - Toshloq tuman Ichki ishlar bo‘limining 2022 yil 26 oktyabrdagi o‘quvchilarni ta’lim muassasalariga telefon aloqasi vositalarini olib kirmasligi bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi qarorini chiqarish masalasidagi №39/14-2440-sonli xati to‘g‘risida.
Navbatdagi masala - “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari sarflanishi to‘g‘risida hisoboti tinglandi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.