Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KO‘PLAB MUROJAATLAR O‘Z YeCHIMINI TOPMOQDA
2022-11-08 17:47:24 211
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy, sog‘liqni saqlash, ta’lim, huquqni muhofaza qilish va boshqa sohalardagi muammolarini manzilli bartaraf etish bo‘yicha bir qator islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, Toshloq tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash borasida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, reja asosida qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda 35 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 15 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 5 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat maxsuloti ajratilib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 5 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.