Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY MUNOSABATI
2022-11-08 18:28:40 270
Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarning birida “Toshloq tumani Ko‘lariq MFY dan murojaat qilishmoqda, mana shu mahalla yo‘llari yomg‘ir yog‘sa suv to‘lib odamlar yurishga qiynalishar ekan, murojaat bartaraf etiladi degan umitdamiz”-deb nomlangan murojaat berildi. Tuman hokimligi tomonidan ushbu murojaat o‘rganib chiqildi. Aholi murojaatini hal etish hamda ularga sharoit yaratib berish maqsadida chora-tadbir belgilab olindi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408- sonli qaroriga asosan 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tumandagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Mazkur qaror bo‘yicha tumandagi mahallalardagi muammolar o‘rganilib, yil yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Ko‘lariq MFY hududidagi Ko‘lariq hamda Chinor ko‘chalarida 3 km masofada asfaltlash ishlari olib boriladi. Ushbu qurilish-ta’mirlash jarayonlarida murojaatda ko‘rsatilgan ko‘chadagi o‘ydim-chuqur yo‘llar tez va sifatli qilib ta’mirlash rejalashtirilgan.