Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA «KEKSALAR UCHUN TURIZM OYLIGI» DOIRASIDA BIR QATOR ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

×

 2022-11-09 19:31:00    207

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshi ulug‘ insonlar, keksa otaxonu onaxonlarga ko‘rsatilayotgan yuksak g‘amxo‘rlik, nuroniylarning hayot tarzi va turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor, bu borada qabul qilinayotgan qator huquqiy hujjatlar keksa avlod vakillarining jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni va ishtirokini yanada mustahkamlamoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi «Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlarni mazmun jihatidan butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida Toshloq tumanida nuroniylar, mehnat faxriylari ishtirokida "Otalar choyxonasi" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tashrif buyurgan nuroniylarga izzat-ehtirom ko‘rsatilib, tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida yangragan kuy va qo‘shiqlar barchaga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.