Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
20 NAFAR AYOLLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINASI BERILDI
2022-11-09 19:34:54 245
Toshloq tumani hokimligida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligining mablag‘lari hisobidan tumandagi 20 nafar kam ta’minlangan, ishsiz ayollarga o‘z tadbirkorligini boshlashi hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. Ayollarga subsidiya asosida eng so‘nggi rusumdagi tikuv mashinalarini tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev hamda tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganovlar topshirdi. Yil yakuniga qadar tumanda ijtimoiy daftarlarga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda subsidiya asosida tikuv mashinalari berish davom etadi.