Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


AGROTEXNIK TADBIRLARNI O‘Z VAQTIDA BAJARISH ZARUR

×

 2022-11-19 15:39:37    218

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida 2023 yil hosili uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida hamda sifatli o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, sektorlar rahbarlari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar hamda daxldor mutasaddilar, oqsoqollar ishtirok etdilar. Seminarda boshoqli don ekinlarini parvarishlash, kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlar, jumladan, g‘alla maydonlariga mahalliy o‘g‘it chiqarish, azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sharbat hovuzlarini kovlash, sharbat usulida sug‘orish, kuzgi shudgor tadbirini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish, sho‘r yuvishga yer tayyorlash va sho‘r yuvish tadbirlarini amalga oshirish, dala chetlari va uvotlarni begona o‘tlardan tozalash, ariq-zovurlarni kovlash, irrigasiya va meliorasiya tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov kuzgi boshoqli don ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish birinchi navbatda ekish bilan bog‘liq barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishiga bog‘liq ekanligini ta’kidlab, bu borada kerakli tavsiya hamda ko‘rsatmalarini berdi. Shundan so‘ng, tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev “Gʻalla parvarishida va kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda dolzarb 30 kunlik”da belgilangan agrotexnik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha “Zarbdor bir oylik” chora-tadbirlar hususida to‘xtalib o‘tdi. Tumanda shudgorlash tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yuqori unumli haydov traktorlari, maxsus ko‘chma vagonlar, yer tekislagichlar va pol olgichlarni ta’mirlash maskanlariga to‘liq yig‘ib, texnik ko‘rikdan o‘tkazib, zarur ehtiyot qismlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Shudgorlash tadbiriga jalb qilingan mexanizator va ishchilarning dalaning o‘zida ovqatlanishi va dam olishi uchun maxsus ko‘chma vagonlarda yetarli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Seminar yakunida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifalari ham belgilab olindi.